AQShda o’qish uchun beriladigan viza turlari va ularni qo'lga kiritish uchun nima qilish kerak?
Talabalarga beriladigan uch xil viza turi mavjud: F, M va J.
F-1 vizasi AQShda ingliz tili kurslarida yoki kollej va universitetlarda o’qishni istovchi xorijliklarga beriladi. Bu viza sohiblari o’qishlari davomida haftasiga 20 soatgacha ishlashlari ham mumkin. F-1 vizasi bilan o’quvchi talaba o’ziga qaram bo’lgan oila a’zolarini AQShga olib kelmoqchi bo’lsa, uning oila a’zolariga F-2 vizasi beriladi. F-2 vizasidagi odam AQShda ishlashi va o’qishi mumkin emas. Agar F-2 sohibi maktabga qatnashi lozim bo’lgan yosh bola bo’lsa, bunday holatda unga o’qish uchun ruxsat beriladi.
M-1 vizasi akademik bo’lmagan, ishga va malaka oshirishga oid kurslarga keluvchi xorijliklarga beriladi. Bunday viza ko’pi bilan bir yilgacha beriladi va uning sohiblari bu muddat davomida AQShda ishlashlari mumkin emas. M-1 vizasini AQShda turib F-1 vizasiga amashtirib ham bo’lmaydi. M-1 vizasi sohiblarining qaram bo’lgan oila a’zolariga M-2 vizasi beriladi. Shu viza turiga aloqador M-3 vizasi ham mavjud bo’lib, bu viza AQShga har kuni o’z davlatlaridan qatnab o’quvchi Meksika va Kanada fuqarolariga beriladi.
J-1 vizasi ta’lim almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchi xorijlik fuqarolarga beriladi. Bunday dasturda ishtirok etuvchi talabalar, odatda, o’qish bitgandan so’ng 30 kun ichida vatanlariga qaytishlari va AQShga yana qaytib kela olishlari uchun o’z mamalakatlarida kamida ikki yil yashashlari lozim. AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Fulbright” kabi dasturlar ishtirokchilari shunday viza olishadi. Ushbu viza egalarining AQShga keluvchi oila a’zolariga J-2 vizasi beriladi. J-2 vizasi egalari AQShda viza muddati tugaguncha ishlashlari mumkin.
Viza olish uchun nima qilish kerak?
Talaba vizasini olish uchun AQShning O’zbekistondagi elchixonasida shaxsiy suhbatdan o’tish kerak. Buning uchun, avvalo, uchrashuv kunini va soatini belgilash lozim. Buni elchixona sayti orqali amalga oshirishingiz mumkin. Barcha viza turlari uchun DS-160 formasini to’ldirish talab etiladi.
Topshirish talab etiladigan hujjatlar orasida eng muhimi bu I-20 va DS-2019 formalaridir. I-20 formasi F-1, M-1, F-2 va M-2 vizalari bilan o’qishga bormoqchi bo’lganlarga AQShdagi o’qish joylari tomonidan beriladi. DS-2019 formasi esa almashinuv dasturi ishtirokchilari bo’lgan J-1 vizasi talabgorlariga homiy tashkilot yoki dasturlar tomonidan beriladi.
Odatda I-20 formasi o’quv puli to’la yoki qisman to’langan hollarda yoki o’quv pulini borgandan so’ng to’lay olishini isbotlagan talabalarga beriladi. Shuning uchun ham, Amerikada o’qish va yashash uchun yetarli mablag’ning borligiga isbot hisoblanuvchi bank guvohnomasini olib kelish majburiy emas, tavsiya qilinadigan hujjatlar qatorida ko’rsatilgan. Lekin suhbatga kiruvchilarga o’qish va yashash uchun yetarli mablag’lari borligini isbotlovchi bank qog’ozlarini, albatta, o’zlari bilan olib kirishlarini tavsiya qilaman. Vizani qo’lga kiritishda bu juda muhim. Bunday mablag’ o’z hisob raqamingizdan yoki biror odam yoki tashkilot sizga homiylik qilmoqchi bo’lsa, shu homiy nomidan ko’rsatilishi mumkin. I-20 hujjatini qo’lga kiritishda ham AQShdagi o’quv dargohiga ana shunday moliyaviy hujjatlarni taqdim etish lozim bo’ladi. Lekin bu hujjatlarning mavjudligi viza olishingizga kafolat bo'la olmaydi.
Olingan manba : #siz_uchun_grantlar
Oʻylaymizki bu maʼlumotlar sizga foydali boʻldi.@ITDUZB kanalidan uzoqlashmang azizlar va doʻstlaringizni taklif qilishni unutmang.
These informations are very useful all of peoples who want to study in USA.Thanks
ReplyDeleteQanaqa peoples
DeletePeople buladi
Uni ustida information buladi bu always singular noun +is iwlatiladi
DeleteEhhe
bbb
ReplyDeleteAlbatta kimham hohlamasdi USA da oqishni
ReplyDeletenot peoples it is already plural noun
ReplyDeleteI liked these info.s very much THANKS TO ITDUZB
ReplyDeleteGOOD LUCK!!!
Thanks to ITDUZB for the information about stufying in USA. It will be useful for the students!
ReplyDeleteInshallox hammamizga nasib etsin
ReplyDeleteThanks to ITDUZB
ReplyDeleteThanks to ITDUZB
ReplyDeleteRaxmat kattakon ITDUZB shunaqa manba va malumotlarni xalqimizga va biz yoshlarga yetkazishdan tuxtamang ijodilarga omad
ReplyDeleteRahmat
ReplyDeleteAqshga Ielts bn ketip bukadimi
ReplyDeleteITDUZB ISHLARINGGIZGA RIVOJ RAXMAT
ReplyDeleteThanks a bunch giving us this kind of valuable information 🤗😍
ReplyDeleteCan we enter this university only with ielts certificate or are there any other exams
ReplyDeleteNecha yoshdan qabul qilinadi
ReplyDeleteIelts 7 bõlsa grantni bali nechi
ReplyDelete